Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
57
8

2412025-03-26 15:33

Adolatni tiklash masalasida qilingan fuqaro murojaati qonun doirasida qanoatlantirildi

https://api3.fergana.uz/files/151400/news/news_1742985167727.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan adliya organlari zimmasiga fuqarolarning huquqlari va erkinliklari davlat organlari va tashkilotlari tomonidan buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini xolisona va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta‘minlash, ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish vazifasi yuklatilgan.

Ushbu yo‘nalishda So‘x tumanida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Adliya tizimi xodimlari fuqarolardan tushgan murojaatlarni xolisona o‘rganib, ularga huquqiy va amaliy ko‘mak berishmoqda.

So‘x tuman adliya bo‘limi tomonidan So‘x tumani Demursad mahallasida yashovchi, tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borgan F. E. manfaatida javobgar So‘x tuman tibbiyot birlashmasiga nisbatan ish haqi, kompensasiya va ma‘naviy zarar undirish haqidagi murojaati o‘rganildi.

Ushbu murojaat to‘liq o‘rganilib, So‘x tuman fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga yo‘naltirildi.

Mazkur murojaat bo‘yicha 2025 yil yanvarь oyining 24 kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudining ochiq sud majlisida hal qiluv qarori qabul qilindi.

O‘tkazilgan ochiq sud majlisida So‘x tumani Adliya bo‘limining da‘vogar F.E. ga manfaatida javobgar So‘x tuman tibbiyot birlashmasiga nisbatan ish haqi, kompensasiya va ma‘naviy zarar undirish haqidagi da‘vo arizasi qisman qanoatlantirildi. Da‘vogar F.E. ning foydasiga javobgar So‘x tuman tibbiyot birlashmasidan 26.295.555 so‘m miqdorida ish haqi, 31.192.722 so‘m kompensasiya, 2.000.000 so‘m ma‘naviy zarar va 37.500 so‘m miqdorida pochta xarajati undirilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi hamda javobgar So‘x tuman tibbiyot birlashmasidan davlat daromadiga 2.299.531 so‘m miqdorida davlat boji undirildi.

Murojaat qilgan fuqaro qonunchikdagi tartib-qoidalarga ishonib, o‘z muammosini arz qiladi. Bizning davlatchiligimizda hech bir murojaat o‘rganilmasdan qolmaydi va murojaatdagi muammo qonun doirasida hal qilinadi.

Bunyodjon Enazarov – So‘x tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz