Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
57
8

222025-05-16 08:32

15-may XALQARO OILA KUNI

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088102755933615.jpg

OILA — MUQADDAS DARGOH

Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini bo'lib, uning farovonligi, tinch – totuvligi yurt ravnaqini ta'minlaydi. O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning tub ildizi oilalar farovonligini ta'minlashga qaratilgan.

Zotan, millatning ertangi kuniga dastlab oilada poydevor qo'yiladi, unda hayotning davomiyligini ta'minlovchi sog'lom avlod shakllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-ma'naviy qadriyatlar asrab-avaylanadi, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy farovonlik va madaniy yuksalishlariga asos solinadi, mustahkamlanadi. Insonga xos bo'lgan chinakam hayotni, farovon va baxtli turmush sharoitini mana shu amallarsiz tasavvur etib bo'lmaydi, albatta. Bu esa, eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir.

Barchangizni 15 MAY - XALQARO OILA KUNI bilan chin ko'nglimdan tabriklayman. Hamisha oilamiz tinch, ko'nglimiz xotirjam bo'lsin!

Hurmat bilan, Safarova Madina Haydarovna - So'x tumani hokimi o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz