El-yurt ardog'idagi muallima holidan xabar olinib, sovg'alar ulashildi








Zumradxon Farxiddinova butun umrini yosh avlod ta'lim-tarbiyasi, maktab va maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga bag'ishlagan munis ayol, ardoqli muallima. Uning shogirdlari bugun jamiyatda o'z o'rnini topgan, ko'pchiligi obro'-e'tiborga ega bo'lgan, turli idoralar rahbarlari sifatida faoliyat olib borishadi.
Muallima hayot daftarini varaqlar ekan, albatta, o'z shogirdlarini, ular bilan o'tgan damlar, lahzalar va hayotiy jarayonlarni albatta, yodga oladi. Shuning uchun, onaxon doimo shogirdlar ardog'i va e'tiboridagi baxtli ayollardan.
Bugun, Xalqaro oila kuni munosabati bilan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i Faridjon To'raboyevlar onaxon xonadonida bo'lib, ular va ularning oila a'zolarini bayram bilan tabriklashdi.
- Qosimjonga ham,Faridjon va o'rinbosaringiz Ilhomjon Abdumajidovga ham “ayalik” qilganman. O'qituvchi va muallimlarni shogirdlar e'zozlab “aya” deyishadida. Men shogirdlarim bilan albatta, faxrlanaman. Ular mening hayot bog'idagi shirin va totli mevalarimdir, - deya tuman hokimiga yuzlanadi onaxon. Tuman hokimi ham o'z navbatida onaxonga esdalik va qimmatbaho sovg'alarni samimiy so'zlar bilan taqdim etdi.
15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi she'rdon qizlari onaxonga o'z she'rlarini o'qib berishdi. Mehmonlar tashrifidan mamnun bo'lgan onaxon va oila a'zolari berilayotgan e'tibor uchun samimiy minnatdorchilik izhor etib, duo uchun qo'l ochib, Vatan rivoji va ravnaqi hamda xalq farovonligi va totuvlikni astoydil tiladilar.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mehrli oila – baxt kaliti, Vatan tayanchi!

Aholi murojaatlari va muammolari o'rganilmoqda

Xalqaro oila kuniga bag'ishlab tadbir tashkil etildi

