Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
57
8

222025-05-16 08:36

Xalqaro oila kuniga bag'ishlab tadbir tashkil etildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103045668535.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103045669730.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103045670925.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103045672120.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103045673315.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103045675705.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103045676900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088103045679290.jpg

Bugun, So'x tumani 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida xalqaro oila kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, huquq-tartibot va huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirda shuningdek, tuman mahallalaridan tashrif buyurgan va namunali oila deb topilgan oilalar a'zolari ham qatnashdi. Tadbir avvalida tuman hokimi barcha ishtirokchilarni ushbu shonli sana munosabati bilan tabriklab, oila mustahkamligi va xonadonlar totuvligi ushbu muqaddas makonga bosh bo'lgan erkak va ayolga bevosita bog'liq ekanligini ta'kidladi.

Har yili Xalqaro oila kuniga bag'ishlab har bir hududdan eng namunali deb topilgan oilalar a'zolari ko'krak nishonlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishi an'anaga aylanib qolgan. Bu yili ham bizning tumanimizdan 12 nafar oila boshi bo'lgan juftliklarga “Ibratli oila” ko'krak nishoni topshirildi.

Mukofotlarni tuman hokimi va mutasaddi idoralar rahbarlari namunali oilalar vakillariga tantanali tarzda taqdim etishdi. San'at g'unchalarining chiqishlar va yosh iste'dodlarning ko'y va qo'shiqlari tadbir ishtirokchilari ko'ngliga ko'tarinkilik baxsh etdi. Xalqaro oila kuniga bag'ishlangan tadbirlar tumanimiz uzra davom etyapti.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz