Mehrli oila – baxt kaliti, Vatan tayanchi!




Bugun 15 May Xaqaro oila kuni. Har yili ushbu kun yurtimizda bayram sifatida nishonlanadi. Bu sana bizni nafaqat yaqinlarimizni qadrlashga, balki oila tushunchasining asl mohiyatini yanada chuqurroq anglashga chorlaydi. Oila – bu yurakning harorati, qalbning tayanchi, inson bo'lib yashashning birinchi maktabidir.
Bugun yurtimizda oilani mustahkamlash, yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash, farzandlar tarbiyasida sog'lom muhit yaratish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sanaladi. Chunki jamiyatning sog'lom bo'lishi, millatning barhayotligi avvalo sog'lom va ahil oilalarga bog'liqdir.
15 May – bu oddiy sana emas, balki yuragimizdagi eng iliq hislarni yana bir bor baralla aytish, mehrli onalarimizga, sabrli otalarimizga, mehridaryo bobo-buvilarimizga minnatdorchilik bildirish, kelajagimiz bo'lgan farzandlarimizga esa mehr va e'tiborimizni oshirish uchun ayni fursatdir.
Shahnoza Shodmonova - So'x tuman IIB XPB xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori, podpolkovnik
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



