So'xlik shunqorlar viloyatda birinchi!


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati negizida ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan sog'lom, hech kimdan kam bo'lmasdan, boshini baland ko'tarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan barkamol avlodni tarbiyalashdek ustuvor maqsad mujassam. Respublikamiz miqyosida qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida o'tkazib kelinayotgan “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasi barkamol avlod tarbiyasi yo'lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yana bir yorqin isbotidir.
Farg'ona harbiy garnizonida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o'tkazildi. Musobaqalarda ishtirok etgan so'xlik yoshlar ham faqat g'alaba uchun intilib, harakat qildilar.
Hakamlarning yakuniy qaroriga asosan 1-o'rin “Vatanparvar” tashkiloti So'x o'quv sport-texnika klubi a'zolariga nasib etdi. Endilikda So'x tumani “Vatanparvar” tashkiloti nomidan Lenburg mahalla fuqarolar yig'inidagi 18-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi yuqori sinf o'quvchilari Respublika bosqichida ishtirok etib, Farg'ona viloyati sha'nini himoya qiladilar.
So'xlik shunqorlarga omadlar tilaymiz!
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg'ona viloyatining yalpi hududiy mahsuloti tarkibi qanday?


May oyining eng samarali xodimlari bilan tanishing!
