Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
78
9

382025-06-16 19:57

May oyining eng samarali xodimlari bilan tanishing!

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091352618500290.jpg

Xalq banki xodimlarni boshqarish departamentining “HR Xalq banki” telegram-kanalida bank sohasida eng yuqori ko'rsatgichlarga ega bo'lgan banklar rahbarlari ruyixati e'lon qilindi. Mazkur amaliyot bank sohasida har oyda o'tkaziladi.

Mana shunday samaradorlikka erishgan bank rahbarlaridan bizning So'x tumanidagi “Xalq banki” rahbari Numonjon Sodirbekov ham bor. “May oyining eng samarali xodimlari bilan tanishing!” rukni ostida yuqori samaradorlikga erishgan 8 nafar turli banklar rahbarlariga oid maqola e'lon qilindi.

“Standart Bank xizmatlari markazida samarali boshqaruv, mijozlarga sifatli xizmat va yuqori natijalari bilan ajralib turgan Sux BXM rahbari Sodirbekov Numonjon Sodirjonovichni tabriklaymiz!” degan so'zlar ushbu maqolada joy olgan. Biz ham Sodirbekov Numonjon Sodirjonovichni ushbu yutuq bilan tabriklab, Sux BXM rahbariga ulkan zafarlar tilaymiz.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz