Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
78
9

392025-06-16 19:56

Tul mahalla fuqarolar yig'inida ham aholi “obi hayot”dan muntazam bahramand bo'lishadi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091352506374635.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091352506378220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091352506379415.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091352506380610.jpg

So'x tumanida aholini qiynayotgan eng asosiy muammo bu ichimlik suvi ta'minoti hisoblanadi. Fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlarning asosiy qismini ham ushbu dolzarb muammo tashkil etadi.

Ayni kunda tumanimiz hududida mazkur muammoni bartaraf etish va fuqarolarga toza ichimlik suvi yetkazib berish bo'yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Tumanimizda faoliyat olib borgan Respublika ishchi guruhi tomonidan ham ushbu muammoga alohida e'tibor berildi.

Tul mahalla fuqarolar yig'inida ham ichimlik suvi tarmog'i barcha ko'chalarga tortilgan, lekin asosiy muammo suvning yo'qligi – tarmoqlar asosiy suv manbaiga ulanmaganligidir. Bugun mazkur mahalla ahlining quvonchi cheksiz – o'rnatilgan suv minorasiga “obi hayot” tortish boshlandi.

Voqelikdan mamnun bo'lgan mahalla oqsoqollari va nuroniylar berilayotgan e'tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik izhor etib, yaxshi niyat va ezgu tilaklar bilan duoga qo'l ochishdi. Bugun amaliy islohotlar samarasidan xursand bo'lgan xalqimizning tilida mana shunday ezgu tilaklar mujassam – “Prezidentimizning boshlari omon bo'lsin, tinchlik va obodonchilikka ko'z tegmasin, xalqning farovonligi yo'lida qilinayotgan har bir xayrli va yaxshi amallar bardavom bo'lsin!”

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz