Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
78
9

372025-06-16 19:54

Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'inida aholini qiynayotgan muammolar yechimi bo'yicha amaliy ishlar qilinmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091352370182875.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091352370184070.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091352370186460.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091352370190045.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091352370194825.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091352370198410.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091352370201995.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091352370206775.jpg

Prezidentimizning So'x tumanini ijtmioiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qabul qilgan 4798-sonli qarori asosida tumanimiz miqyosida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Ayni kunda aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha ham ushbu qaror asosida ishlar davom ettirilmoqda.

Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'inida bo'lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev “Yangi avlod” MChJ mutasaddilari bilan ushbu yo'nalishda olib bornilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi. Mahallaning bir qismida aholi “obi hayot” manbaidan samarali foydalanib kelishmoqda.

Mahallaning “Haqiqat” ko'chasida ayni kunda ichimlik suvi tarmog'i tortish ishlari olib borilyapti. Mahallaning “Sangi siyoh” ko'chasida ham aholi qisman ichimlik suvi bilan ta'minlangan.

Shuningdek, yuqorida tilga olingan Prezident qarori asosida mahallada elektr ta'minotiga oid muammolar ham bartaraf qilingan. O'rganish davomida istiqlol bayramigacha aholi ichimlik suvi bilan ta'minlanishi va tortilgan tarmoqlar “obi hayot” manbaiga to'liq ulanishi “Yangi avlod” MChJ mutasaddilari tomonidan aholi va fuqarolarga ma'lum qilindi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz