Respublika ishchi guruhi tumanimizning 1-sektori hududidagi mahalallarda





Tumanimizda bo'lib turgan Respublika ishchi guruhi a'zolari vazirlik va idoralar, viloyat va tuman mutasaddi idoralari vakillari bilan birgalikda tumanimizning sektorlar kesimidagi mahallalarda bo'lishib, aholi va mahallalar yettiligi bilan fuqarolarni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash yuzasidan suhbat va uchrashuvlar o'tkazishmoqda. 1-sektor hududidagi mahallalarda ham shunday o'rganishlar olib borildi.
Hududlarda olib borilayotgan o'rganish ishlari jarayonida Prezidentimizning 2020 yil 8 avgust kuni qabul qilgan “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 4798-sonli qarori asosida amalga oshirilgan ishlar va ushbu qarorda ko'rsatilgan turli tizimlarda yakuniga yetmay qoldirgan va bajarilmagan amallar tahlil qilinmoqda.
Ishchi guruh zimmasiga So'x tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolarni o'rganib qo'shimcha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqish, shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish, aniqlangan kamchiliklar va muammolar bo'yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni o'z vaqtida sifatli ijrosini ta'minlash vazifasi topshirilgan.
O'rganish ishlari jarayonida ayni kunda muammo bo'lgan, yechimini kutayotgan masalalar bo'yicha ham takliflar kiritilib, ishchi guruh vakillari tomonidan berilgan takliflar ro'yixati shakllantirilmoqda. O'rganish natijalariga ko'ra, takliflar dasturi ishlab chiqilib, Respublika darajasidagi idoralarga ishchi guruh tomonidan taqdim etiladi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg'ona viloyatining yalpi hududiy mahsuloti tarkibi qanday?


May oyining eng samarali xodimlari bilan tanishing!
