Aholiga tabiiy gaz va maishiy gaz ballonlari yetkazib berish ishlari tizimli tashkil etilmoqda








Barchamizga ma'lumki, So'x tumanidagi aksariyat mahallalar ham tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan. Tabiiy gaz yetib bormaydigan aholi yashash punktlari fuqarolarini suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta'minlash masalasi har doim ham dolzarb bo'lib kelgan. Ayni ushbu yo'nalishda tuman gazlashtirish idorasi mutasaddilari tomonidan arzirli ishlar olib borilyapti.
“Hududgazta'minot” boshqarmasi So'x tumani gazta'minot bo'limi rahbari Umarjon Madumarovning ma'lumotiga ko'ra, “So'xtumangaz” bo'limi tasarrufida jami 10 078 ta maishiy gaz ballonlari mavjud bo'lib, shundan aholi iste'molchilariga shartnoma asosida 9 662 ta berilgan. Shundan, aylanma gaz ballonlari 216 ta, ombordagi zaxira ballonlar miqdori 200 ta, aholining shaxsiy ballonlari soni 189 tani tashkil etadi.
“Hududgazta'minot” Farg'ona viloyat boshqarmasi ko'magi bilan So'x tumaniga 200 donadan ortiq qo'shimcha maishiy gaz ballonlari yetkazib berildi. Shuningdek, hududlardagi tabiiy gaz magistralidagi quvurlarni ta'mirlash maqsadida kerakli miqdorda 159 diametrli quvurlar olib kelindi.
Ayni kunda Tul mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan tabiiy gaz magistralida rekonstruktsiya qilish ishlari olib borilyapti. Shaningdek, Navobod mahalla fuqarolar yig'ini tasarrufdagi Malbut qishlog'ida ham tortilgan o'rta bosimli Du-159 mm gaz quvurini tartibga keltirish va bo'yash ishlari olib borilyapti.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg'ona viloyatining yalpi hududiy mahsuloti tarkibi qanday?


May oyining eng samarali xodimlari bilan tanishing!
