ODAM SAVDOSI — ZAMONAVIY QULLIKKA QARSHI KURASHISH VAQTI KELDI

Bugungi globallashuv davrida inson huquqlari xalqaro maydonda eng muhim masalalardan biriga aylanmoqda. Afsuski, XXI asrda ham odam savdosi kabi jinoyat turi butun dunyo uchun jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda. Odam savdosi — insonni aldash, zo‘ravonlik yoki majburlash yo‘li bilan boshqa shaxs tomonidan foyda olish maqsadida ekspluatatsiya qilishdir. Bu jinoyat nafaqat shaxsiy erkinlikka, balki jamiyat va davlat xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Odam savdosi turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: majburiy mehnat, jinsiy ekspluatatsiya, ichki a’zolarni noqonuniy yo‘llar bilan sotish, yosh bolalarni asrab olish bahonasida chet ellarga olib ketish va boshqalar. Ko‘pincha jabrlanuvchilar ish izlab yurgan yoshlar, ayollar yoki iqtisodiy qiyin ahvoldagi insonlar bo‘ladi. Ularni aldash, yolg‘on va’dalar berish orqali chet ellarga olib ketib, inson xuquqlari qo‘pol ravishda poymol qilinadi.
O‘zbekistonda ham bu illatga qarshi qat’iy kurash olib borilmoqda. Mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashish maqsadida maxsus qonunlar qabul qilingan, Milliy komissiya faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Biroq, faqat davlat organlarining harakati yetarli bo‘lmaydi. Har bir fuqaro hushyor bo‘lishi, o‘zining va yaqinlarining xavfsizligini ta’minlashi lozim. Agar shubhali takliflarga duch kelinsa, bu haqda huquqni muxofaza qiluvchi tashkilotlarga xabar berish lozim. Shu bilan birga jamiyatda keng tushuntirish ishlarini olib borish, yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, odam savdosiga qarshi kurash — bu faqat huquqiy masala emas, balki insonparvarlik va odob-axloq masalasidir. Jamiyatimizning har bir a’zosi bu jinoyatga qarshi kurashda faol ishtirok etsagina, xavfsiz jamiyatni barpo etamiz.
Elyorjon Ismoilov
Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Odam savdosining oldini olish va odam savdosiga qarshi kurashishning dolzarbligi


Yangichek mahallasining Bo‘zaxo‘r ko‘chasida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

Kitobga mehr – kelajakka nur: Quva tumanida faol kutubxonachilar taqdirlandi